Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

"Yuventus" e’tiborini "Manchester Siti" futbolchisiga qaratdi

"Yuventus" e’tiborini "Manchester Siti" futbolchisiga qaratdi

Baho:
+ | -

Football Italia nashrining xabar berishicha, "Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Tidjani Reyndersni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Turin klubi niderlandiyalik futbolchining loyihaga qo‘shilish istagini aniqlash uchun uning vakillari bilan dastlabki aloqa o‘rnatgan va shuningdek, "Manchester Siti"ga ijaraga olish imkoniyati haqida murojaat qilgan. To‘liq muzokaralar hali boshlanmagan.

Reynders muzokaralar cho‘zilgan erkin agent Frank Kessyega alternativa sifatida ko‘rib chiqilmoqda. O‘tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi klub safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urgan va sakkizta golli uzatma bergan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Reyndersning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:27, 31.07.2026.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик