«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining MLS doirasidagi «Kolambus Kryu»ga qarshi bahsda maydonga tushishi hozircha noaniqligicha qolmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Gilyermo Oyos argentinalik yulduzning mazkur uchrashuvda ishtirok etish ehtimoli haqida gapirar ekan, yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ma’lum qildi.
«U yaqindagina jamoaga qaytdi, shuning uchun bu masalani atroflicha muhokama qilishga hali ulgurmadik. Biroq Messi va Rodrigo De Paul yana jamoa safiga qo‘shilganidan juda xursandmiz», — dedi Oyos o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
«Inter Mayami» — «Kolambus Kryu» uchrashuvi 2 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin ta’tilga chiqqan va yaqindagina klub yig‘iniga qaytgan edi.













