«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni o‘zining sobiq klubi «Arsenal» jamoasidagi ishlar holati haqida fikr bildirdi.
O‘tgan mavsumda «kanonirlar» 2004 yildan beri ilk bor Premyer-ligada zafar quchishdi, shuningdek, Chempionlar ligasi finaligacha yetib borib, u yerda penaltilar seriyasida «PSJ»ga imkoniyatni boy berishdi.
«Arsenal»ning Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyatini qabul qilish juda og‘ir bo‘ldi, lekin APLdagi 22 yil ichidagi ilk g‘alaba — bu katta yengillik, men buni juda uzoq kutgandim. Klub Yevropa futbolidagi eng yaxshi loyihalardan birini barpo eta olganidan xursandman», — deydi Shensni The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Polshalik darvozabon 2006 yildan 2017 yilgacha London grandiga tegishli bo‘lgan.













