Belgiyaning «Bryugge» klubi hujumchisi Nikolo Tresoldi «Manchester Yunayted»ning transfer nishoniga aylandi.
Jurnalist Sebastyen Vidal bergan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar» boshqa variantlar qatorida 21 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ham o‘rganishmoqda. Germaniyalik hujumchining transferi «Yuventus» da’vogarlik qilayotgan Joshua Zirkzeening jamoadan ketishiga zamin yaratishi mumkin.
Nikolo Tresoldiga avvalroq Londonning «Arsenal», Madridning «Atletiko» va «Roma» klublari ham qiziqish bildirishgan edi. O‘tgan mavsumda futbolchi «Bryugge» safida 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan germaniyalik hujumchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.













