«Chelsi» markaziy himoyachisi Trevo Chaloba faoliyatini «Komo»da davom ettiradi. Italiya klubi 27 yoshli futbolchining transferini bugunning o‘zidayoq yakunlashiga ishonch bildirmoqda, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Bonuslarni hisobga olmaganda kelishuv qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Angliyalik futbolchi bilan yiliga 3,6 million yevro maosh ko‘zda tutilgan va 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma kelishib olindi.
Trevo Chaloba faoliyatining boshidan beri «Chelsi»ga tegishli. London grandining asosiy jamoasi safida u umumiy hisobda 151 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













