Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Galatasaroy» Batrakov transferi bo‘yicha «Lokomotiv» bilan rasmiy muzokaralarni boshladi

«Galatasaroy» Batrakov transferi bo‘yicha «Lokomotiv» bilan rasmiy muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» hujumkor yarim himoyachi qidiruvida e’tiborini Rossiya bozoriga qaratdi. Bu haqda tureskiy jurnalist, Sportcell insayderi Safa Kaan Oztyurk X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Istanbul klubi 21 yoshli yarim himoyachi Aleksey Batrakovning transferi bo‘yicha Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan rasmiy muzokaralarni boshlagan.

Qayd etilishicha, ayni damda rossiyalik futbolchining nomzodi «Galatasaroy» tomonidan «Strasburg» yarim himoyachisi Xulio Ensiso variantiga qaraganda muhimroq va ustuvorroq deb hisoblanmoqda.

Batrakov o‘tgan mavsumda «temiryo‘lchilar» safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Alekseyning transfer qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:56, 01.08.2026.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик