Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Bavariya» Barkola uchun «Liverpul» bera oladigan summani to‘lay olmaydi

«Bavariya» Barkola uchun «Liverpul» bera oladigan summani to‘lay olmaydi

Baho:
+ | -

«Bavariya» «PSJ» hujumchisi Bredli Barkolaning «Liverpul»ga o‘tishi mumkinligi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Myunxen klubi futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uning kelajakdagi rejalarini bilish maqsadida aloqaga chiqishga harakat qilgan. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘z saytida xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, ushbu yozda Barkolani sotib olish «Bavariya» uchun juda qimmatlik qiladi. Biroq mersisaydliklarda uni transfer qilish uchun yetarli mablag‘ mavjud. Qayd etilishicha, agar 23 yoshli futbolchi «PSJ»da yana bir mavsum qolsa, Myunxen klubi uni keyinroq sotib olishi mumkin. Vingerning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.

Oldinroq OAVda «Liverpul» Barkola transferi uchun 100 million funt sterling (116,55 million yevro) to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

O‘tgan mavsumda «PSJ» hujumchisi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:05, 01.08.2026.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик