FIFA Intizom qo‘mitasi «Andijon» klubiga nisbatan qo‘llangan har ikki transfer taqiqini bekor qildi.
31 iyul kuni FIFA Intizom qo‘mitasi «Andijon» klubi sobiq murabbiylar Mikola Tishenko va Vitaliy Shpanyuk oldidagi qarzdorlikni to‘liq bartaraf etganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan klubga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘yilgan taqiq ham olib tashlandi.
Endi Professional futbol ligasi klub taqdimnomasi asosida shartnomasi rasman ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilarni musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatga qo‘shadi.
Shu tariqa, yangi futbolchilar Superliganing 15-turidan o‘rin olgan «Paxtakor»ga qarshi bugungi uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.













