Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Marca: Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirish uchun «Barselona» «Manchester Siti»ga 8 million yevro to‘laydi

Marca: Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirish uchun «Barselona» «Manchester Siti»ga 8 million yevro to‘laydi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchi Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirishni istasa, «Manchester Siti»ga 8 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Marca nashri jurnalisti Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur shart 2022 yil yanvar oyida futbolchining «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tish transferi vaqtida imzolangan kelishuvga kiritilgan.

Ferran Torresning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan keyin yakunlanadi. Biroq «Barselona» bir necha oydan beri uning shartnomasini uzaytirish borasida hech qanday amaliy qadam tashlamagan. Shu sababli futbolchi hozirda klub uchun ustuvor nomzod emasligini tushunib turibdi.

Xabar qilinishicha, Torres keyingi mavsumni ham shartnomasini uzaytirmasdan «Barselona» safida o‘tkazishi mumkin. Ammo PSJning qiziqishi vaziyatni o‘zgartirishi ehtimoldan xoli emas.

Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar bilan muzokaralar kelasi hafta boshlanishi kutilmoqda. Ferran Torres esa Kataloniyada o‘zini yetarlicha qadrlanmayotganini his qilayotgani uchun klubni tark etishga tayyor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:43, 02.08.2026.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик