Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Ruslanbek Jiyanov: “Bo‘lajak o‘yinda yutuqqa erishib, g‘alabali seriyani boshlaymiz, degan umiddaman”

Ruslanbek Jiyanov: “Bo‘lajak o‘yinda yutuqqa erishib, g‘alabali seriyani boshlaymiz, degan umiddaman”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga jamoamiz Superliga 15-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida “Xorazm” (Urganch)ga qarshi o‘tkazadi. Ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng, “lochinlar” Namangandagi qadrdon stadionga qaytishmoqda va joriy mavsumning ilk bellashuvini sevimli stadionda o‘tkazishadi. Bo‘lajak uchrashuvdan oldin jamoamizning 25 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ruslanbek Jiyanov bilan klub rasmiy sayti uchun qisqacha suhbat uyushtirdik.

— Bo‘lajak o‘yin borasidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...
— Avvalo barchaga assalomu alaykum! Jamoamizning barcha muxlislarini sevimli hamda qadrdon stadionimizga qaytayotganligimiz bilan tabriklayman.Biz - futbolchilar ham bundan xursandmiz.Ishqibozlar bo‘lajak o‘yinda stadionni to‘ldirib, jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashadi, degan umiddaman va bunga ishonaman.

— Bo‘lajak raqib – “Xorazm” borasida nima deya olasiz?
— Yaxshi jamoa. Biz urganchliklarning o‘yinlarini o‘rganib chiqdik va g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatni ishga solib, inshoolloh, zafar quchamiz, deb o‘ylayman.

—  Albatta, stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari bizga motivasiya beradi va bu o‘tgan turdagi Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi bo‘lib  o‘tgan “vodiy derbisi”da ham o‘z isbotini topdi. Buni har bir futbolchi his qilib turibdi.Kuchingiz qolmaganida, ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashlari ichki energiyani uyg‘otib yuboradi, menimcha. Xudo xohlasa, bo‘lajak o‘yinda yutuqqa erishib, g‘alabali seriyani boshlaymiz, degan umiddaman.  

— Muxlislarga tilaklaringiz...
— Jamoamiz uchun doimo duoda bo‘lishsin. Katta maqsad yo‘lida birlashganmiz va buni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

—  Qatorasiga to‘rtta bellashuvni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va   ishqibozlar dalda berib turishsa, o‘sha o‘yinlarda ijobiy natijalarni qayd etamiz, degan umiddaman.

Baxtimizga “Navbahor” muxlislari doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:47, 02.08.2026.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик