«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi «Chelsi» vingeri Mixail Mudrik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘tgan kunlarda Mudrikdan doping qoidalarini buzgani uchun qo‘yilgan diskvalifikasiya olib tashlangani e’lon qilingan edi. De Dzerbi ilgari «Shaxtyor»da ukrainalik futbolchi bilan birga ishlagan.
«Mudrik men uchun o‘g‘limdek! Misha — ajoyib yigit, yuqori darajadagi futbolchi. So‘nggi ikki yilda boshidan kechirgan voqealardan so‘ng, u yangi mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatadi deb umid qilaman. Ishqilib, buni «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda ko‘rsatmasa bo‘ldi...» — dedi de Dzerbi jurnalistlarga.
«Chelsi» Mixail Mudrikdan diskvalifikasiya olib tashlanganini iyul oyining so‘nggi kunida e’lon qilgan edi.













