Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

40 ta mamlakat va Konfederasiyalar Infantinoni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga tayyor

40 ta mamlakat va Konfederasiyalar Infantinoni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin tashkilotga a’zo bo‘lgan va Janni Infantinoning FIFA rahbarligiga qayta saylanishini yozma ravishda qo‘llab-quvvatlagan barcha mamlakatlardan ushbu hujjatlarni qaytarib olishni so‘rash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manba beradigan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda UYEFAga a’zo 55 ta mamlakatdan 40 tasi tegishli xatlarni yuborib bo‘lgan. KONKAKAF va Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) a’zolari ham Infantinoni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga tayyor.

FIFAning bir qancha yuqori lavozimli rahbarlari, jumladan, bosh kotib Mattias Grafstryom ham Infantinoning iste’fosini talab qilmoqda. Ular aks holda unga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilishini tushunib turishibdi.

Angliya futbol assosiasiyasining ismini oshkor etmagan ayrim yuqori martabali mulozimlari 2026 yilgi jahon chempionati oldidan FIFA rahbariga berilgan rasmiy qo‘llab-quvvatlashni qaytarib olish yoki olmaslik masalasini allaqachon muhokama qilishganini ma’lum qilishdi.

FIFA prezidenti saylovi 2027 yilning 17 martiga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:41, 02.08.2026.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик