Hujumchi Randal Kolo-Muani yana «Yuventus» libosini kiyishga juda yaqin turibdi. Football Italia nashrining xabar berishicha, 27 yoshli fransuz allaqachon Turinda ko‘rinish bergan. Yaqin vaqt ichida bitim rasman e’lon qilinishi mumkin.
Avvalroq Kolo-Muanining «PSJ»dan «Yuventus»ga transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 50 million yevroga yetishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Randal Kolo-Muani ilgari ham «Yuventus» sharafini himoya qilgan — u 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida «keksa sinyora» safida o‘ynagan. O‘shanda fransuz Turin klubi uchun 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
«Yuventus» 2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 23 avgust kuni «Frozinone»ga qarshi o‘tkazadi.













