«Galatasaray» prezidenti Dursun O‘zbek «Lokomotiv» yarim himoyachisi Aleksey Batrakovning transferida shaxsan ishtirok etmoqda. Turkiya klubi rahbari 21 yoshli futbolchini ijaraga emas, balki to‘liq sotib olish bo‘yicha taklif kiritgan. Bu haqda jurnalist Burak Eren X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar beradi.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbek Batrakov bilan shaxsan tanish emas, ammo transfer siyosatida uni «kimdir yo‘naltirib turmoqda».
Avvalroq OAV Istanbul klubi rossiyalik yarim himoyachi uchun shartnomada ko‘rsatilgan 20 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyorligi haqida xabar bergan edi.
Batrakov «Lokomotiv» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Moskva jamoasi safida barcha turnirlarda 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.













