Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Lill» prezidenti «Siti» va «Real»ning Buaddiga qiziqishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Lill» prezidenti «Siti» va «Real»ning Buaddiga qiziqishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Lill» prezidenti Olivye Letan Yevropaning top-klublari, jumladan «Manchester Siti» va «Real Madrid»ning yarim himoyachi Ayyub Buaddiga bo‘layotgan qiziqishi haqida gapirdi.

«Bu haqda bir necha haftadan beri aytyapman. Hech qanday aniq kelishuvga intilayotgan klublar yo‘q. Moviy rangli libosda o‘ynaydigan klub bilan o‘yinchi almashish haqidagi mish-mishlar qanday tarqalib ketganiga hayronman. Yo‘q, bu yolg‘on! Juda, juda katta klublar tomonidan qiziqish bor, lekin ilgari aytganimdek, hozirda juda kam sonli jamoalarning Ayyubni sotib olishga qurbi yetadi. Qiziqish va bunday grandlardan takliflar hamisha bo‘ladi. Bugungi yagona haqiqat shuki — u 100 foiz «Lill» o‘yinchisi», — deydi Letan Mundo Deportivo nashriga.

O‘tgan mavsumda Buaddi barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali 18 yoshli futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:38, 02.08.2026.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик