Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluidji Buffon Paolo Maldini va Leonardo unga milliy terma jamoalar tizimida rahbarlik lavozimini taklif qilishganini aytib berdi.
Buffon Italiyaning asosiy va yoshlar terma jamoalari ishini muvofiqlashtirib borishi (koordinasiya qilishi) kerak edi, biroq u faoliyatida tanaffus qilishga qaror qildi.
"Maldini va Leonardo bilan gaplashish juda yoqimli bo‘ldi. Ular menga terma jamoalar tuzilmasida rahbarlik lavozimini taklif qilishdi – men asosiy va yoshlar jamoalari ishini muvofiqlashtirishim kerak edi.
Ularning ishtiyoqi qarorimga biroz shubha uyg‘otdi, lekin baribir o‘z fikrimda qoldim. 1991 yildan beri o‘zimga 20 kundan ortiq dam olishga ijozat bermagan ekanman.
Endi butun shu vaqt davomida o‘zini menga bag‘ishlagan insonlarga — ayolim, farzandlarim va ota-onamga vaqt ajratadigan fursat keldi. Menga qayta kuch yig‘ib olish zarur", – dedi Buffon.













