Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Buffon Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga eng yaxshi mutaxassisni aytdi

Buffon Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga eng yaxshi mutaxassisni aytdi

Baho:
+ | -

«Parma», «Yuventus» va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluidji Buffon Antonio Konte milliy jamoa bosh murabbiyligi uchun eng yaxshi variant ekanini aytdi.

«Asosiy maqsad — to‘rt yildan keyingi jahon chempionatiga yo‘l olish. Shundan kelib chiqib, men Konteni tanlagan bo‘lardim. Lekin qaror qabul qilishda jasorat ko‘rsatish va ularni hammaga, jumladan OAVga yetkaza bilish kerak. Men juda tez-tez hech bir asosli sabablarsiz: «U to‘g‘ri keladigan odam», degan gaplarni eshitaman. Albatta, lekin bu yaxshilab o‘ylab qilingan emas, instinktiv qarorlardir. Birinchi o‘rinda loyiha (loyihaning aniq rejasi), ikkinchi o‘rinda esa ideal nomzod turishi kerak», — deydi Buffon.

28 iyul kuni Italiya futbol federasiyasi matbuot xizmati Roberto Manchinining Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini e’lon qilgan edi.

Manchini avval ham 2018 yildan 2023 yilgacha Italiya terma jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida italiyaliklar Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra bronza medali sohibi bo‘lishgan. Avvalroq Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimiga Andrea Pirlo ham da’vogarlik qilayotgan edi.

Kiritildi: 20:09, 02.08.2026.
O'qildi: 1098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик