Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Norvegiya terma jamoasi darvozaboni «RB Leypsig»ga qaytadi

Norvegiya terma jamoasi darvozaboni «RB Leypsig»ga qaytadi

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasining 35 yoshli golkiperi Eryan Nyuland erkin agent sifatida «RB Leypsig»ga qaytadi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Germaniya klubi Nyulandni «Vilyarreal»ga o‘tishga yaqin turgan Peter Gulachining o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Tomonlar og‘zaki ravishda hamkorlikni kelishib olishdi, yaqin orada bu kelishuvlar rasman mustahkamlanadi.

Avvalroq Eryan Nyuland «Aston Villa», «Norvich Siti», «Bornmut», «Reding» va boshqa jamoalarda o‘ynagan. Futbolchi «RB Leypsig» sharafini 2022 yildan 2023 yilgacha himoya qilgan, shundan so‘ng «Sevilya»ga o‘tgan edi. Norvegiya terma jamoasi tarkibida darvozabon 2026 yilgi jahon chempionatining 1/4 finaligacha yetib borgan.

Kiritildi: 20:36, 02.08.2026.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик