Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Lids» kambek evaziga «Liverpul»ni mag‘lub etdi va Premier League Summer kubogini qo‘lga kiritdi (Videosharh)

«Lids» kambek evaziga «Liverpul»ni mag‘lub etdi va Premier League Summer kubogini qo‘lga kiritdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Lids» Chikagoda kechgan o‘rtoqlik matchida «Liverpul»ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinda hisob 7-daqiqada «Liverpul» himoyachisi Lyuk Chembers tomonidan ochildi. 40-daqiqada «qizillar» yarim himoyachisi Florian Virs jamoasining ikkinchi golini urdi. 60-daqiqada «Lids» yarim himoyachisi Brenden Eronson oradagi farqni qisqartirdi. 71 va 73-daqiqalarda «Liverpul» o‘z darvozasidan yana ikkita to‘p olib chiqdi — hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin hamda yarim himoyachi Shon Longstaff o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 83-daqiqada esa Kalvert-Lyuin dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Lids» (3 ta o‘yindan so‘ng 6 ochko) Premier League Summer mini-turniri g‘olibiga aylandi. «Liverpul» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinni «Reksem» (3 ochko), to‘rtinchi o‘rinni esa «Sanderlend» (3 ochko) egalladi.

Kiritildi: 05:04, 03.08.2026.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик