«Liverpul» mavsumga tayyorgarlik doirasida kechgan o‘yinda «Lids»ga imkoniyatni boy berdi (2:4). «Qizillar» tanaffusgacha 2:0 hisobida oldinda borishgan edi, ammo bir qator almashtirishlardan so‘ng ikkinchi bo‘limni boy berishdi. «Tovuslar» 60 va 85-daqiqalar oralig‘ida to‘rtta to‘p kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Bu «Liverpul»ning yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo‘l ostidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Bunga qadar mersisaydliklar «Sanderlend» (4:2) va «Reksem» (1:0) jamoalaridan ustun kelishgan edi.
9 avgust kuni «Liverpul»ning navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi – raqib «Monako» jamoasi bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30 ga rejalashtirilgan.
Premyer-ligada Iraola shogirdlari 23 avgust kuni «Nyukasl»ga qarshi safardagi o‘yin bilan mavsumni boshlashadi.













