Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Yevropa mamlakatlari Infantinoning iste’fosini tezlashtirish uchun birlashmoqda

Yevropa mamlakatlari Infantinoning iste’fosini tezlashtirish uchun birlashmoqda

Baho:
+3 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropa futbol assosiasiyalari FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlash xatlarini qaytarib olishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin FIFA rahbarligiga navbatdagi saylovlarda Infantino nomzodini yozma ravishda qo‘llab-quvvatlagan barcha a’zo mamlakatlardan o‘z xatlarini zudlik bilan qaytarib olishni so‘ramoqchi ekani xabar qilingan edi.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, bir qator Yevropa futbol assosiasiyalari FIFA prezidentiga bosim o‘tkazish va shu orqali uning iste’fosini yaqinlashtirish maqsadida Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan rasman voz kechish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Xatlarni bir vaqtning o‘zida qaytarib olish imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan, ammo Yevropa mamlakatlari buni ketma-ket bajarishi varianti ham mavjud bo‘lib, bu amalda ishonchsizlik votumiga teng keladi.

Ta’kidlanishicha, UEFAga a’zo 55 ta assosiasiyadan 52 tasi — Germaniya, Ruminiya va Norvegiyadan tashqari barchasi Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlash xatini yozgan edi. Umumiy hisobda, tashkilotning 211 a’zosidan 200 tasi FIFAning amaldagi prezidentini qo‘llab-quvvatlagan, garchi shaxsiy suhbatlarda uning bo‘lajak prezidentlik muddati bo‘yicha xavotir bildirishgan bo‘lsa-da.

FIFA prezidentining navbatdagi saylovi 2027 yilning mart oyiga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 05:34, 03.08.2026.
O'qildi: 833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик