Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Liverpul» va «Barselona» nishonidagi futbolchi «Xall Siti»ga o‘tadi

«Liverpul» va «Barselona» nishonidagi futbolchi «Xall Siti»ga o‘tadi

Baho:
+ | -

The Athletic nashrining xabar berishicha, «Liverpul» MLS mavsumi davomida yuqori baholangan himoyachi Lukas Xerringtonni sinchkovlik bilan kuzatib borgan, ammo yakunda «Xall Siti» uning transferini hal qilishga erishgan.

«Qizillar» 18 yoshli futbolchi «Kolorado Repids»ning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib, keyinchalik Avstraliya milliy terma jamoasida debyut qilgani va JCH-2026 da maydonga tushganini skautlar orqali kuzatib borishgan edi.

Xabarda aytilishicha, «Barselona»ning iyun oyida Xerrington bo‘yicha yuborgan dastlabki taklifi rad etilgan, bu esa o‘smir yoshdagi markaziy himoyachiga qiziqish kanchalik yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Biroq «Xall Siti» chaqqonroq harakat qilib, «Kolorado» bilan prinsipial kelishuvga erishdi.

«Xall» kelishuv doirasida dastlab 12,6 million funt to‘laydi, yana 4,4 million funt esa bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, «Kolorado» futbolchining keyingi sotuvidan 15 foiz ulush saqlab qoladi. Himoyachi Premyer-ligaga qaytgan klubga o‘tishni yakunlashidan oldin shaxsiy shartnoma shartlarini uzil-kesil kelishib olishi kutilmoqda.

Kiritildi: 06:23, 03.08.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик