Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Yuventus» Joau Mariuni «Fiorentina»ga ijaraga berishga kelishib oldi

«Yuventus» Joau Mariuni «Fiorentina»ga ijaraga berishga kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» portugaliyalik vinger Joau Mariuni «Fiorentina»ga ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi do‘shanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

Kerim Alaybegovich va Randal Kolo-Muani transferlaridan so‘ng, «Yuventus» yangi mavsum oldidan Luchano Spalletti jamoasini qayta shakllantirishda davom etib, asosiy e’tiborni futbolchilarni sotish va ijaraga berishga qaratdi.

«Yuventus»ning Osiyodagi mavsumoldi turnesidan chetda qolgan Joau Mariu, klub rejalaridan o‘rin olomagani sababli endi «Fiorentina»ga o‘tish arafasida turibdi.

Portugaliyalik vinger o‘tgan mavsumda ham Spallettining loyihasiga kiritilmagan edi va mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Bolonya»da o‘tkazdi.

Kelishuvga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi «binafsharanglilar» safiga dastlab ijara asosida borib qo‘shiladi, shartnomada 12 million yevro evaziga sotib olish opsiyasi ham ko‘zda tutilgan.

Agar «Fiorentina» sotib olish bandini faollashtirsa, Joau Mariu klub bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.

Kiritildi: 06:32, 03.08.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик