Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 1-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 0-0 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Vozinya «Kolo-Kolo»ga o‘tish uchun Chiliga uchib keldi

Vozinya «Kolo-Kolo»ga o‘tish uchun Chiliga uchib keldi

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Vozinya «Kolo-Kolo»ga o‘tishni yakunlash uchun Chili aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Ilgariroq Marokashning «Berkan» klubi «Kolo-Kolo»dan darvozabonni tortib olishga uringani haqida xabar berilgan edi. Ta’kidlanishicha, futbolchi o‘z rejalarini o‘zgartirib, Marokash jamoasiga o‘tishning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilgan edi.

Vozinya 2026 yilgi Jahon chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, ularning ikkitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Darvozabonning «Kolo-Kolo»ga o‘tgunga qadar oxirgi klubi Portugaliya ikkinchi divizionidagi «Shavish» jamoasi bo‘lgan. O‘tgan mavsumda 40 yoshli golkiper barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, shulardan oltita o‘yinda gol o‘tkazmadi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 500 ming yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:12, 03.08.2026.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик