«PSJ» «Parma»ga bergan taklifini oshirgandan so‘ng, Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Sion Suzukining transferini tezlashtirish niyatida.
23 yoshli darvozabonning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. Parijliklar taklif summasini 33 million yevrogacha oshirishdi va bitimni imkon qadar tezroq yopishga umid qilishmoqda.
Fabrisio Romanoning xabar berishicha, asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaganiga qaramay, futbolchining o‘zi ham Parijga ko‘chib o‘tishni xohlamoqda.
«PSJ» hamon darvozabon uchun kurashda boshqa klublarni, jumladan Premyer-liga vakillarini ortda qoldirmoqda.
Sudzuki JCH-2026da Yaponiya terma jamoasi tarkibida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan beshta to‘p o‘tkazib yubordi. A Seriyada esa uning hisobida 57 ta o‘yin va 81 ta o‘tkazib yuborilgan gol bor.













