Kutilmagan holatlar yuz bermasa, «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande tez orada Madridning «Real» klubiga o‘tadi.
Ivuariyalik futbolchining transferi yuzaga kelgan yuridik muammolar sababli biroz kechiktirilishiga to‘g‘ri keldi. Jurnalist Arancha Rodrigesning xabar berishicha, «Real» rahbariyati bitim joriy hafta oxirigacha to‘liq yopilishiga ishonmoqda.
19 yoshli porloq yulduzning transferi «qaymoqranglilar»ga 100 million yevrodan ortiqqa tushadi. O‘tgan mavsumda Yan Diomande «RB Leypsig» safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Vunderkind uchun kechgan kurashda «Real» «PSJ», «Liverpul» va boshqa grand klublarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.













