Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Real» Vinisius uchun 150 million yevrodan kam bo‘lmagan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

«Real» Vinisius uchun 150 million yevrodan kam bo‘lmagan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior bo‘yicha kamida 150 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda The Touchline nashri jurnalist va insayder Xose Feliks Dias ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar braziliyalik futbolchi yangi shartnoma imzolashdan bosh tortsa, «qaymoqranglilar» uni transferga qo‘yish variantini ko‘rib chiqadi.

Avvalroq Vinisius vaziyatini Londonning «Arsenal» klubi diqqat bilan kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Vinisius 2018 yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol va 100 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:27, 03.08.2026.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик