«Sirius» futbol klubining shotlandiyalik hujumchisi Robbi Yur klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Mark Brus xabar bermoqda.
Futbolchiga ikkita jamoa da’vogarlik qilmoqda. Yurning xizmatlariga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. Angliya klublari hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. O‘yinchining «Sirius» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning dekabrigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.
Robbi Yur «Sirius» tarkibida jami 49 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ularda hujumchi 31 ta gol urgan va yettita golli uzatmani amalga oshirgan.













