«Lion» himoyachisi Nikolas Talyafiko bloger va strimer SashaJrr mehmoni bo‘ldi. U bilan muloqot chog‘ida argentinalik futbolchi «Barselona», «Atletiko» va «MYU»da o‘ynashi mumkin bo‘lganini va ushbu klublardan biri uni deyarli sotib olishga yaqin kelganini aytib berdi.
— Qaysi klubga o‘tishga eng yaqin kelganding?
— Bir nechta variantlar bor edi. Masalan, men hali «Banfild»da, yoshlar jamoasida bo‘lgan paytimda, menga «Shtutgart» qiziqqan edi. Hali asosiy jamoada debyut qilmasimdan oldin. O‘shanda 16-17 yoshda edim.
— Bu axir faoliyatingni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin edi-a, shunday emasda?
— «Atletiko», «Barselona» va «Manchester Yunayted» juda yaqin kelishgan edi. «Barselona» bilan hammasi so‘nggi paytda barbod bo‘ldi. O‘shanda klub og‘ir moliyaviy vaziyatni boshdan kechirayotgandi — ularda pul yo‘q edi, hech narsa yo‘q edi, dedi futbolchi.













