Samarqandning «Dinamo» futbol klubi himoyachi Jahongir O‘rozovning transferi bo‘yicha Rossiyaning «Rubin» (Qozon) jamoasi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
Ikki taraf o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, 22 yoshli markaziy himoyachi keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi bilan 2026-yil yakuniga qadar Qozon klubiga ijaraga berildi. J. O‘rozovning «Dinamo» PFK bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2027-yil oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Jahongir O‘rozov 2024-yilda «Dinamo» tarkibiga kelib qo‘shilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida jamoa safida 55 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan. U Samarqand klubidagi barqaror o‘yinlari evaziga O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olgan hamda JCH-2026 doirasidagi Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etgan.













