«Komo» klubi «Chelsi» bilan markaziy himoyachi Trevo Chalobaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, Angliya klubi 27 yoshli futbolchini to‘liq asosda qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. Bitim summasi 30 million yevroni tashkil etadi, yana 3 million yevro esa bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Chaloba yaqin kunlarda shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga yetib keladi.
Chaloba 2021 yildan beri «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. U londonliklar tarkibida 151 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma oshirgan.













