«Chelsi»ning ukrainalik vingeri Mixail Mudrik faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, antidoping qoidalarini buzgani uchun berilgan diskvalifikasiya olib tashlangach, London klubi 25 yoshli ukrainalik futbolchiga 2026/27 yilgi mavsumda suyanmoqchi emas.
Avvalroq Mudrikka bir nechta klublar, jumladan «Koventri» tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi. Biroq endilikda manba «Chelsi» futbolchini «Strasburg»ga ijaraga yuborish niyatida ekanini ta’kidlamoqda.
Qayd etilishicha, Fransiya klubi ham ukrainalik vingerni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. «Chelsi» va «Strasburg» BlueCo kompaniyasi tuzilmasiga kirishi hamda yagona xo‘jayinga ega ekani ushbu bitimni ancha yengillashtirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Mixail Mudrik iyul oxirida undan antidoping diskvalifikasiyasi olib tashlanganidan so‘ng, Gonkongga «Chelsi»ning mavsumlararo turnesiga borib qo‘shilgan edi.













