Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Mourinyo Rodrining transferini talab qilmoqda

Mourinyo Rodrining transferini talab qilmoqda

Baho:
+ | -

«Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini sotib olishni talab qilmoqda. Sport.es nashrining xabar berishicha, madridliklarning transfer bozoridagi faol harakatlariga qaramay, portugaliyalik mutaxassis aynan Ispaniya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisining transferini kutishda davom etmoqda.

Mourinyo Rodrida maydondagi sifatli o‘yinni shakllantiruvchi va «tizim hosil qiluvchi futbolchi»ni ko‘rmoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar davom etmoqda, «Manchester Siti» esa «Real»ni futbolchi uchun katta mablag‘ to‘lashga majbur qilmoqchi.

Avvalroq «Real» himoyachilar Ibraima Konate, Denzel Dumfris, Mark Kukurelya, yarim himoyachi Bernardu Silva hamda hujumchi Karlos Espining transferlarini e’lon qilgan edi. Yaqin kunlarda «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande bilan ham bitim yakuniga yetkazilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 08:19, 04.08.2026.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик