Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Islombek Ismoilov: «Sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas»

Islombek Ismoilov: «Sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas»

Baho:
+ | -

Superliga 15-turining markaziy o‘yini «Dinamo» va «Neftchi» bahsi durang (0:0) natija bilan yakunlangach, uchrashuvdan keyin dastlab Farg‘ona klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Ikkala jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etishini barcha biladi. Ikki tomonda ham hujumlar va golli vaziyatlar yetarli bo‘ldi, faqat o‘yinga gol yetishmadi. Xatolarni o‘rganamiz.

«Neftchi»ning kuchli tarkibi bugun ish bermadimi? «Dinamo» tarkibini ham yomon demagan bo‘lardim. Tajribali Bahodir Nasimovni aytmasak, qolgan hujumkor o‘yinchilari yosh va hali o‘sadigan yigitlar. Firdavs Abdurahmonov, Oybek O‘rmonjonov, Behruzbek Obloqulov shular jumlasidan. Qolaversa, Anvarjon Hojimirzayev ham hozir praym davrini o‘tkazmoqda. Ha, bu yigitlar hali uncha tanilmagan, lekin «Dinamo»ning yoshlari bu yoshda O‘zbekistondagi eng yaxshilardan hisoblanadi. Ha, biz bugun yutolmadik, ammo sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas. Buni JCHda Ispaniya Kabo-Verdeni mag‘lub eta olmaganidan ko‘rsa bo‘ladi. Chempion sifatida harakat qilish, turnir jadvalida yuqorida turish qiyin. Bugun «Dinamo»da yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi, ular yomon o‘ynashmadi. «Dinamo»da ham ko‘plab golli vaziyatlar yuzaga keldi», - dedi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:21, 04.08.2026.
O'qildi: 801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик