Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Xenderson «Chelsi» muxlislariga va’da berdi

Xenderson «Chelsi» muxlislariga va’da berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning yangi a’zosi Jordan Xenderson London klubiga o‘tishi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

«Klubning masshtabi, men chin dildan hayratlanadigan bosh murabbiy va futbolchilarning darajasini hisobga olsak, men bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bera olmasdim. Shuningdek, rahbariyatning «Chelsi» muvaffaqiyatga erishishini va to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanishini qanchalik xohlayotgani menda katta taassurot qoldirdi. O‘z navbatida, men jamoaga va jamoadoshlarimga yordam berish uchun maydonda ham, maydondan tashqarida ham har kuni bor kuchimni beraman», — dedi Xendersonning so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

3 avgust kuni «Chelsi» 36 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qilgan edi. Tomonlar ikki mavsumga mo‘ljallangan kelishuvga qo‘l qo‘yishdi.

Kiritildi: 08:49, 04.08.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик