Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Niko Gonsales: «Mareska bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar menga yoqmoqda»

Niko Gonsales: «Mareska bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar menga yoqmoqda»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning tayanch yarim himoyachisi Niko Gonsales «shaharliklar»ning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska qo‘l ostidagi ish taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mavsum juda uzoq davom etadi, shuning uchun biz Ensoning yangi talablariga moslashishga tayyor bo‘lishimiz kerak.

Menga u bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarimiz yoqmoqda. Albatta, o‘tgan yilga va Pep [Gvardiola] bilan ishlagan davrimizga solishtirganda farqlar bor, lekin o‘yinimizda o‘xshashliklar ham juda ko‘p. Umumiy g‘oya o‘sha-o‘sha: yuqori pressing, to‘pni imkon qadar tezroq qaytarib olishga intilish va ko‘plab uzatmalar.

So‘nggi yillarda o‘ynagan darajamizni va o‘sha ambisiyalarni saqlab qalish muhim. O‘ylaymanki, Enso aynan shuni xohlaydi va menga hammasi juda yoqmoqda.

Men charchoqni his qilyapman, chunki biz juda ko‘p mashq qilyapmiz. Lekin bu yaxshi, shunday maromga ko‘nikishimiz kerak. Yoz uzoq bo‘ldi va endi sport formasiga kirib, ozgina sabr qilishimiz lozim.

Biz «Inter»ga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik, g‘oyalar tobora tushunarli bo‘lib bormoqda va hozir eng muhimi shu», — deydi Gonsalesning so‘zlarini klub matbuot xizmati.

Kiritildi: 14:48, 04.08.2026.
O'qildi: 287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик