Vinisius Junior «Real» bilan shartnomasini uzaytirish uchun o‘z talablarini bildirdi.
AS nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik vinger soliqlar to‘langanidan so‘ng yiliga 20 million yevro olmoqchi – amaldagi kelishuvga ko‘ra u o‘rtacha 15 mln yevro oladi va maoshi har mavsum ortib boradi. Bundan tashqari, Vinisius shartnomani qayta tuzgani uchun bonus so‘ramoqda va 100% imij huquqlariga egalik qilishni istamoqda. Kilian Mbappe ham aynan shunday shartlarda shartnoma imzolagan edi.
Yaqin orada Vinisius «Real» rahbariyati va bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ta’kidlanishicha, braziliyalik futbolchi kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor – klub va o‘yinchi o‘rtasida allaqachon dastlabki kelishuv mavjudligi istisno etilmayapti. Vingerning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.













