«Liverpul» darvozaboni Alisson uzaytirilgan ta’tildan so‘ng nihoyat AXA mashg‘ulot markazida paydo bo‘ldi.
Braziliyalik 1-raqamli darvozabon jamoa bilan birga mavsumoldi turnesi uchun AQSHga jo‘nab ketmagan edi.
Uning o‘rniga 33 yoshli futbolchiga to‘rt haftalik uzaytirilgan hordiq berilgandi, ammo u vatanida jismoniy formasini saqlab turdi.
Endilikda Alisson shu dam olish kunlari «Enfild»da «Monako»ga qarshi o‘tkaziladigan navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.













