Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Van Gal Niderlandiya terma jamoasi murabbiyligiga o‘z nomzodi ko‘rsatilishini aqlga sig‘mas holat deb atadi

Van Gal Niderlandiya terma jamoasi murabbiyligiga o‘z nomzodi ko‘rsatilishini aqlga sig‘mas holat deb atadi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal milliy termaga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Men hamisha KNVB’ga (Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi) hamda «Ayaks»ga yordam berishni xohlayman. Va shunday tarkib bilan, albatta, imkoniyatlar bor. Shuningdek, Niderlandiya terma jamoasi potensial ravishda Yevropa yoki jahon chempioni bo‘lishi mumkin, deb o‘ylayman, chunki tarkibning 95 foizi chet elda va aksariyat hollarda yaxshi klublarda o‘ynaydi.

Ular hozir hech kimni topa olishmayapti, keyin esa yana mening nomim yuzaga chiqmoqda. Qaysidir ma’noda bu aqlga sig‘maydigan holat.

To‘rt yil oldin Qatardagi Jahon chempionatida biz chorak finalda penaltilar seriyasida yutqazgandik va ular bizning futbolimizni yetarlicha yaxshi emas deb hisoblashgan edi. Endi esa o‘sha odamlar meni ideal nomzod sifatida ko‘rishyaptimi? Har holda, KNVB nima xohlayotganini umuman bilmayman, men allaqachon uch marta milliy terma jamoa murabbiyi bo‘lganman, shuning uchun agar qachondir yana murabbiylikka qaytsam, bu gollandlar yurtida bo‘lmasa kerak. Toki, men bilan nima bo‘lishini hech qachon aniq bilib bo‘lmaydi. Hozir o‘zimni to‘rt yil oldingiga qaraganda yaxshiroq sport formasida his qilyapman», dedi murabbiy.

Kiritildi: 17:26, 04.08.2026.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик