Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius: "Biz Mourinyo qo‘l ostida yangi mavsumga tayyor bo‘lishimiz kerak"

Vinisius: "Biz Mourinyo qo‘l ostida yangi mavsumga tayyor bo‘lishimiz kerak"

Baho:
+ | -

Vinisius Junior shu hafta boshida "Real Madrid" mashg‘ulotlariga qaytdi va mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Braziliyalik hujumchi Joze Mourinyo qo‘l ostida ishlash haqida qisqacha gapirdi.

"Joze Mourinyo mening baxtli, xushchaqchaq bo‘lishimni va o‘z o‘yinimni davom ettirishimni istaydi. Biz mavsumga tayyor bo‘lishimiz kerak", dedi Vinisius The Touchline bilan suhbatda.

Avvalroq matbuotda Vinisius Junior o‘z agentlaridan "Real Madrid" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha tezda muzokara olib borishni so‘ragani haqida xabar berilgan edi. Braziliyalik futbolchi hatto moliyaviy talablari bo‘yicha ham murosaga kelishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Vinisiusning amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.

Kiritildi: 21:26, 04.08.2026.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик