Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Atletiko» «Inter»ni ortda qoldirmoqchi

«Atletiko» «Inter»ni ortda qoldirmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroda faoliyatini Ispaniyada davom ettirish varianti paydo bo‘ldi.

Mish-mishlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi Milanning «Inter» klubiga o‘tishga og‘zaki rozilik berib bo‘lgan, ammo «neradzurri»lar kelishuvni yakunlash uchun avval futbolchilarini sotishlari kerak. Insayder Matteo Morettoning ma’lumotlariga ko‘ra, «shporlar» kapitani Madridning «Atletiko» klubi uchun ustuvor nishonga aylangan. «Matraschilar» jahon chempioni uchun kurashda «Inter»ni ortda qoldirishlari mumkin, biroq buning uchun ular ham avval amaldagi tarkibdagi qaysidir futbolchi bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri keladi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Tottenxem» Romeroni taxminan 40 mln yevroga sotishga tayyor. 28 yoshli futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 07:17, 05.08.2026.
O'qildi: 1560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик