«Barselona»ning zaxira vingeri Runi Bardji transfer oynasi yopilguncha klubni tark etishi mumkin.
U «Birmingem»ga qarshi o‘rtoqlik bahsda (45 daqiqa, 2 ta aniq zarba, 87% aniq uzatma) yorqin o‘yin ko‘rsatib, boshqa klublar e’tiborini tortdi.
Xansi Flik jamoasida, ayniqsa Karim Adeyemi kelgach, qanotlarda raqobat kuchaygan. Sport direktori Deku futbolchi o‘sishi uchun o‘yin amaliyoti zarurligini tushunmoqda. «Barsa» Barjini ijaraga berish yoki qayta sotib olish huquqi bilan sotishni ko‘rib chiqmoqda.













