«Manchester Yunayted» va Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klublari diqqat markazida bo‘lgan «Everton» hujumchisi Iliman Ndiaye jamoasida qoladi. Bu haqda uning Senegal terma jamoasidagi sherigi Idrissa Guye ma’lum qildi.
Ndiaye jahon chempionatidan keyingi ta’tilni yakunlab, «Everton»ning mavsumoldi mashg‘ulotlariga qo‘shildi. «Everton»ning sobiq yarim himoyachisi Guye Ndiayening klubga qaytishi haqidagi xabarga «u shu yerda qoladi» deb munosabat bildirdi.













