Manuel Noyer kelasi mavsumda "Bavariya"ning shubhasiz birinchi raqamli darvozaboni bo‘lmaydi.
Noyer kelasi yozda faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda, shuning uchun Myunxen klubi uning kelajakdagi vorisi Yonas Urbigni oldindan tayyorlamoqchi. Bayern & Germany nashrining nemis jurnalistlariga tayanib xabar berishicha, 22 yoshli posbon kelgusi mavsumda Noyerning zaxira o‘rinbosari bo‘lishdan ko‘proq narsani anglatadi; yosh darvozabon muhim o‘yinlarda, jumladan, kelgusi mavsum davomida ham sinovdan o‘tkaziladi, bu unga bosim va jiddiy mas’uliyatga ko‘nikishga yordam beradi. 40 yoshli faxriyning o‘zi bunga qarshi emas; u yosh jamoadoshini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yonas Urbig 2025 yil boshida "Kyoln"dan "Bavariya"ga qo‘shilgan. Noyer 2011 yildan beri Myunxen klubi sharafini himoya qilib keladi.













