Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro

«Bayer» «Napoli» himoyachisining o‘tganini e’lon qildi

«Bayer» «Napoli» himoyachisining o‘tganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Bayer» o‘z sahifalarida chap qanot himoyachisi Migel Gutyerresning «Napoli»dan o‘tganini rasman e’lon qildi. 25 yoshli ispaniyalik futbolchi Leverkuzen klubi bilan 2031 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

«Ushbu klub so‘nggi yillarda menda katta taassurot qoldirdi. «Bayer»ning Italiyada ham, mening vatanim Ispaniyada ham obro‘si juda baland. Men Bundesliga haqida ko‘p eshitganman, o‘yinlarni tomosha qilganman va Germaniya stadionlaridagi muhitni intiqlik bilan kutyapman», - dedi Gutyerres.

Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi 2025 yilning yozida «Jirona»dan «Napoli»ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u Neapol klubi safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Avvalroq matbuotda Germaniya klubi Gutyerres uchun taxminan 25 million to‘lashi haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Kiritildi: 14:20, 05.08.2026.
O'qildi: 568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик