Londonning «Arsenal» klubi braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraes transferi bo‘yicha «Nyukasl» bilan kelishuvga erishdi. Klublarga faqat rasmiyatchiliklarni hal qilish qoldi.
Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, bitim summasi 75 million yevroni tashkil etadi, 28 yoshli futbolchining bozor qiymati esa 28 millionga baholanmoqda.
«Arsenal» shaxsiy shartnoma shartlarini Gimaraes bilan hali iyul oyidayoq kelishib olgan edi. Eslatib o‘tamiz, o‘yinchi JCH-2026da Braziliya terma jamoasi safida beshta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta golli uzatma bilan ajralib turdi.
Gimaraesning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda u «Nyukasl» safida 41 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













