Roppa-rosa besh yil oldin, 2021 yil 5 avgust kuni futbol dunyosi «Barselona»ning e’lonini muhokama qilayotgan edi. O‘shanda Kataloniya klubi o‘z saytida Lionel Messi bilan xayrlashayotganini ma’lum qilgan.
«Kelishuvga erishilganiga va yangi shartnoma imzolash niyati bo‘lganiga qaramay, iqtisodiy va tarkibiy to‘siqlar (Ispaniya La Ligasi qoidalari) sababli uni rasmiylashtirishning imkoni bo‘lmadi», — deyilgan edi «ko‘k-anorranglilar» e’lonida.
O‘shanda «Barselona» futbolchi va klubning xohishini amalga oshirib bo‘lmaganidan afsusda ekanini bildirgan.
Ko‘p o‘tmay Lionel Messi «PSJ» o‘yinchisiga aylandi. Argentinalik futbolchi Fransiyada ikki mavsum o‘tkazdi, so‘ngra «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolab, MLS'ga yo‘l oldi.













