«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Bruno Gimaraesning 75 million funt evaziga «Arsenal»ga o‘tishi Martin Subimendi uchun londonliklar klubidagi faoliyati yakunlanganini anglatishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib ololmaydi.
«Bu Subimendi uchun oxiri deb o‘ylaysizmi? U jamoa dispetcheri bo‘lishi kerak edi. Men uning bu o‘rinni qachondir qaytarib olishiga ishonmayman».
Karrager, shuningdek, Gimaraesning Deklan Rays bilan mukammal chiqishib ketishiga shak-shubhasi borligini ta’kidladi.
«Mikel Arteta bu yarim himoyadan qanday foydalanishi juda qiziq. Gimaraynsh tayanch hududida o‘ynaydimi? Men haligacha Rays qaysi pozisiyada yaxshiroq o‘ynashiga amin emasman».













