Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Pavlidis uchun 30 million yevro taklif qilishmoqda, «Benfika» esa 45 million talab etmoqda

Pavlidis uchun 30 million yevro taklif qilishmoqda, «Benfika» esa 45 million talab etmoqda

Baho:
+ | -

«Fenerbaxche» «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidis transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.

Fanatik xabariga ko‘ra, Stambul klubi yaqin orada «Benfika» bilan rasmiy muzokaralarni boshlamoqchi va 27 yoshli forvard uchun 30 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu o‘rinda Portugaliya klubi o‘z o‘yinchisi uchun 45 million yevro olishni rejalashtirmoqda. Pavlidisning o‘zi esa «Fenerbaxche»ga o‘tish ehtimoliga ijobiy qaramoqda.

Ta’kidlanishicha, Turkiya klubi gresiyalik hujumchi uchun bonuslarni hisobga olgan holda yiliga 6 million yevrogacha maosh to‘lanadigan to‘rt yillik shartnoma tayyorlab qo‘ygan.

Pavlidis «Benfika» safida 2024 yildan beri to‘p surib kelmoqda. O‘sha vaqtdan beri u klub safida 112 ta o‘yin o‘tkazib, 64 ta gol urdi va sheriklariga 20 ta assist amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:21, 05.08.2026.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик