Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro

Mudrik 615 kunlik tanafsusdan so‘ng «Chelsi» safida maydonga tushdi

Mudrik 615 kunlik tanafsusdan so‘ng «Chelsi» safida maydonga tushdi

Baho:
+3 | -

Vinger Mixail Mudrik «Yuventus»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Ukrainalik futbolchi zaxiradan maydonga tushib, 12 daqiqa atrofida harakat qildi. Mudrik doping sababli qo‘yilgan diskvalifikasiya olib tashlangach, bir necha kun oldin mashg‘ulotlarni qayta boshlagan edi.

Mudrik oxirgi marta «Chelsi» safida 2024 yil 28 noyabrda — Konferensiyalar ligasi doirasidagi «Xaydenxaym»ga qarshi o‘yinda maydonga tushgandi. O‘shanda ukrainalik futbolchi gol urib, «pensionerlar»ning safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam bergan edi.

Demak, Mixail Mudrik oxirgi marta «Chelsi» safida 615 kun oldin to‘p surgan bo‘lib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Mudrikdan diskvalifikasiya olib tashlanganini iyul oyining oxirgi kunida e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 18:57, 05.08.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик